Jahon | 17:00 / 07.03.2018
13761
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya yadro qurolini faqat javob zarbasi sifatida qo‘llashi mumkinligi aytildi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladimir Solovyovning «Jahon tartibi 2018» filmi uchun intervyusida ma'lum qilishicha, Moskva yadro qurolidan faqat javob zarbasi sifatida foydalanishi mumkin.

«Bu mavzuga keladigan bo‘lsak, u, albatta, juda muhim, o‘ta muhim. Sizga shuni aytishim mumkinki, bizning qo‘llash rejamiz – bu javob zarbasi. Umid qilamanki, bu hech qachon yuz bermaydi, biroq nazariy jihatdan shunday», - deya Putinning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Rossiya prezidentining aniqlik kiritishicha, bunday qurolni qo‘llash haqidagi qaror faqatgina raketa hujumidan ogohlantirish tizimlari nafaqat raketa uchirilgani, balki parvozlar trayektoriyasi hamda Rossiya hududiga asosiy kallaklarning tushish vaqti bo‘yicha aniq taxminni berganidan so‘ng qabul qilinishi mumkin.

«Bu javob zarbasi deyiladi, bunda bizda javob berishga qonuniy huquq paydo bo‘ladi», - deya ta'kidlab o‘tdi Putin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid