Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe Tramp bilan uchrashish harakatiga tushib qoldi
Foto: AFP 2018 / Behrouz Mehri
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe joriy yilning aprel oyida AQShga tashrif buyurib, ushbu mamlakat prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Yaponiya hukumati rahbari jurnalistlarga ma'lum qilgan.
«Bizda prezident Tramp bilan telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Aprelda AQShga tashrif bilan boraman, u yerda prezident bilan Shimoliy Koreya muammosini muhokama etmoqchiman», - deya Abening so‘zlarini keltiradi «Izvestiya» gazetasi.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, KXDR «yadro qurolidan xoli hududga aylanishga tayyor ekanini ko‘rsatdi» hamda bunday «o‘zgarishlarni kerakli darajada baholadi».