Jamiyat | 18:18 / 09.03.2018
8158
1 daqiqa o‘qiladi

Avtomashinani rasmiylashtirib berish uchun 24 mln so‘m olgan ota-bola ushlandi

Toshkent shahrida avtomashinani rasmiylashtirib berish uchun 24 mln so‘m olgan ota-bola qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2017 yil 5 yanvar kuni Shayxontohur tumani Tinchlik 6-tor ko‘chasida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan A.A. va o‘g‘li, 1986 yilda tug‘ilgan A.A. Qorasuv 6-daha hududida joylashgan “Azamat” nomli sport majmuasi oldida Qorasuv dahasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Sh.K. “KIA FORTE” rusumli avtomashinasini uning nomiga 1 oy muddat ichida o‘tkazib berishni va'da qilishib, 24 mln so‘m pullarini olib, bergan va'dalarini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklari ma'lum bo‘lgan.

Natijada A.A. va A.A.lar qo‘lga olingan.

Mavzuga oid