Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ligasi. "Latsio" "Dinamo Kiyev"ni yenga olmadi, "Zenit" safarda mag‘lub bo‘ldi
2017/18 yilgi Yevropa Ligasi 1/8 finalining navbatdagi ilk o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
"Zenit" safarda "RB Leyptsig"ga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Maydon egalari safida Bruma hamda Verner o‘z hisobiga 1tadan yozib qo‘yishgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona golini Krishito kiritdi.
"Sporting" o‘z maydonida "Viktoriya Plzen" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi – 2:0.
Har ikki golni ham Montero hisobiga yozildi.
"Latsio" o‘z maydonida "Dinamo Kiyev"ni qabul qilib, 2:2 hisobidagi durang qayd etdi. "Latsio" safida Immobile hamda Anderson 1tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlarning gollariga esa Tsiganov hamda Morayes mualliflik qildi.
Yana bir gollarga boy bo‘lgan uchrashuv "Marsel" hamda "Atletik Bilbao" o‘rtasida kechdi. O‘yin mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlar safida Okampos dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir gol Payyet tomonidan kiritildi. Mehmonlarning yagona gol 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirgan Aduris hisobiga yozildi.
RB Leyptsig Germaniya – Zenit Rossiya 2:1
Gollar: 1:0 – 56 Bruma, 2:0 – 77 Verner, 2:1 – 86 Krishito.
RB Leyptsig – Gulachi, Orban, Klostermann, Upamekano, Keyta, Laymer (Bernardo, 46), Forsberg, Demme, Bruma (Zabittser, 75), Verner, Ogyusten (Poulsen, 79).
Zenit – Lunev, Mevlya, Mammana, Ivanovich, Krishito, Kuzyayev, Yeroxin, Kranevitter, Rigoni (Poloz, 80), Zabolotniy (Driussi, 57), Kokorin.
Ogohlantirish: Upamekano (85).
Sporting Portugaliya – Viktoriya Plzen Chexiya 2:0
Gollar: 1:0 – 45 Montero, 2:0 – 49 Montero.
Sporting – Ruy Patrisiu, Koentrau (Ruben Ribeyru, 86), Koates, Mate, Ristovski, Akunya (Battalya, 57), Vilyam Karvalyu, Jyelson Martinsh, Fernandesh, Ruis (Bruno Sezar, 79), Montero.
Viktoriya Plzen – Grushka, Geyda, Limberski, Rjyeznik, Gubnik, Zeman (Chermak, 82), Petrjyela (Xori, 62), Gorshava, Kolarj (Kovarjik, 75), Groshovski, Krmenchik.
Ogohlantirishlar: Battalya (62), Gorshava (66), Koates (67), Vilyam Karvalyu (73), Limberski (87).
Latsio Italiya – Dinamo Kiyev Ukraina 2:2
Gollar: 0:1 – 52 Tsigankov, 1:1 – 54 Immobile, 2:1 – 62 Felipe Anderson, 2:2 – 79 Morayes.
Latsio – Strakosha, de Vrey, Radu, Lukaku, Uolles (Nani, 85), Felipe Anderson, Murjia (Parolo, 74), Leyva, Milinkovich-Savich, Basta (Gabarron, 74), Immobile.
Dinamo Kiyev – Boyko, Kadar, Burda, Pivarich, Morozyuk, Shaparenko (Morayes, 67), Buyalskiy, Garmash, Tsigankov, Kendzera, Besedin.
Ogohlantirishlar: Pivarich (36), Murdjia (63), Kadar (69), Garmash (70), Milinkovich-Savich (71), Lukaku (81), Boyko (90).
Chetlatish: Garmash (90).
Marsel Fransiya – Atletik Ispaniya 3:1
Gollar: 1:0 – 1 Okampos, 2:0 – 14 Payyet, 2:1 – 45, penalti Aduris, 3:1 – 57 Okampos.
Marsel – Mandanda, Rami, Amavi, Sakai, Rolandu, Payyet, Luis Gustavo, Okampos, Lopes (Sarr, 86), Toven (N`Ji, 62), Jyermen (Zambo-Angissa, 71).
Atletik – Yago Errerin, Yyeray Alvares, Balensiaga (Inigo Lekue, 69), De Markos, Echeyta, Raul Garsiya (Mikel Vesga, 78), Benyat, Susayeta (Kordoba, 62), San Xose, Inyaki Uilyams, Aduris.
Ogohlantirishlar: Jyermen (38), Rami (45), Payyet (45), San Xose (56), Susayeta (60), Benyat (82).
Mavzuga oid
07:59 / 08.05.2026
Angliyaning uchta klubi yevrokuboklar finaliga chiqdi
05:16 / 07.03.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar
03:32 / 31.01.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ni o‘tish bosqichiga olib chiqdi, «MYu» va «Tottenhem» to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalda
01:56 / 23.05.2024