Yevropa Ligasida umumiy guruh bosqichi yakunlandi. 

«Roma» o‘z uyida «Ayntraxt» ustidan g‘alaba qozonib, o‘tish bosqichiga yo‘l oldi. Eldor Shomurodov 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, ikki daqiqadan so‘ng hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. 

«MYu» va «Tottenhem» so‘nggi turda ishonchli g‘alabaga erishib, to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga chiqdi. «Beshiktosh» va «Braga» musobaqa bilan xayrlashdi. «Fenerbahche» esa pley-offga ilinib qoldi. 

Quyidagi 8 jamoa 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oldi: «Latsio», «Atletik», «MYu», «Tottenhem», «Ayntraxt», «Lion», «Olimpiakos» va «Reyndjers». 

Keyingi 16 jamoa 1/8 finalga o‘tish uchun qo‘shimcha pley-off bosqichida qatnashishadi: «Bude-Glimt», «Anderlext», «Styaua», «Ayaks», «Real Sosiyedad», «Galatasaroy», «Roma», «Viktoriya Plzen», «Ferensvarosh», «Portu», AZ «Midtyulland», «Yunion Sent-Jillua», PAOK, «Tvente» va «Fenerbahche». 

24-o‘rindan pastdagi jamoalar uchun turnir yakunlandi. 

YeL. 8-tur. 30 yanvar

Roma — Ayntraxt 2:0
Gollar: Anxelino (44), Shomurodov (69). 
Roma – Svilar, Ndika, Hummels, Manchini, Pellegrini (Chelik, 80), Dibala (Pizilli, 80), Anxelino, Kone, Paredes (Kristante, 61), Salemakers (Soule, 61), Dovbik (Shomurodov, 67).
Ayntraxt – Trapp, Teate, Kox, Tuta, Kristensen, Baoyya (Nkunku, 65), Larsson (Dahud, 64), Sxiri, Knauff (Uzun, 64), Shaibi (Ish, 84), Ekitik (Matanovich, 72).

Styaua — Manchester Yunayted 0:2
Gollar: Dalot (60), Maynu (68).
Styaua – Tirnovanu, Radunovich, Kretsu (Belutse, 66), Dava, Ngezana, Popesku, Mikulesku (Musi, 77), Shut, Ejuma (Alhasan, 46), Tenase (Shtefenesku, 77), Birlija.
Manchester Yunayted – Bayindir, Martines (Yoro, 71), de Ligt, Mazraui, Maynu, Eriksen (Kazemiro, 72), Malasia (Garnacho, 46), Fernandesh, Kolliyer (Diallo, 46), Dalot, Hoylund (Zirkze, 80).