Yevropa Ligasida 1/8 finalning birinchi o‘yinlari yakunlandi.
«Roma» o‘z maydonida «Atletik»ni qabul qilib, kambek amalga oshirdi. O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushib, 90+4-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi.
Rimning boshqa bir klubi «Latsio» ham dramatik g‘alabaga erishdi — jamoa Chexiyada 9 kishi qolib, 90+8-daqiqada gol urdi.
Shuningdek, «Ayaks» Amsterdamda «Ayntraxt»ga yutqazib qo‘ydi, «Olimpiakos» Norvegiyada javobsiz 3 ta gol qabul qilib oldi
Javob bahslari 13 mart kuni o‘tkaziladi.
Yevropa Ligasi. 1/8 final
Birinchi o‘yinlar. 6 mart
Roma — Atletik 2:1
Gollar: Anxelino (56), Shomurodov (90+4) — I.Uilyams (50).
Roma — Svilar, Chelik, Manchini, Ndika, Rench (Salemakers, 60), Pisilli (Kone, 77), Kristante, Anxelino, Dibala (Sule, 71), Baldanzi (El Shaaravi, 60), Dovbik (Shomurodov, 71).
Atletik — Agirresabala, De Markos, Vivian, Alvares, Berchiche, de Galarreta, Xauregisar (Prados, 64), Niko Uilyams (Berenger, 77), Gomes (Vesga, 77), Inyaki Uilyams, Sannadi (Guruseta, 64).
Ogohlantirishlar: Alvares (14), Xauregisar (34), Sannadi (39), Shomurodov (72).
Chetlatish: Alvares (86).
Ayaks — Ayntraxt 1:2
Gollar: Brobbi (10) — Larsson (28), Sxiri (70).
Ayaks — Pasver (Gorter, 24), Gai, Sutalo, Baas, Hato, Mokio (Fits-Jim, 71), Henderson, Teylor (Konadu, 71), Traore, Brobbi (Bergeys, 63), Gods (Edvardsen, 63).
Ayntraxt — Trapp, Kristensen, Kollinz, Tuta, Teate, Knauff (Fares, 81), Larsson, Sxiri, Gyotse (Uzun, 90), Ekitik (Vai, 81), Bahoya (Braun, 73).
















