Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Real» qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
Foto: Twitter/@realmadrid
Ispaniya chempionatining 28-turida «Real» safarda «Eybar» mehmoni bo‘ldi.
Hisob 34-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan ochildi. U Modrich tomonidan oshirilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi.
«Eybar» ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirdi. Burchakdan oshirilgan to‘pni Ramis boshi bilan darvozaga yo‘lladi.
Shundan so‘ng, «Real» katta kuch bilan hujum qilsa-da, faqat o‘yin oxirida raqib darvozasiga yo‘l topdi. 84-daqiqada Karvaxal oshirgan to‘pni Ronaldu boshi bilan darvozaga kiritdi.
Bu natijadan so‘ng, «Real» 57 ochko bilan 3-o‘rinda, «Eybar» 39 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
La Liga, 28-tur
Eybar – Real Madrid 1:2 (0:1, 1:1)
10 mart, «Munisipal de Ipurua» stadioni
Gollar: 0:1 – 34 Ronaldu, 1:1 – 50 Ramis, 1:2 – 84 Ronaldu.
Eybar – Dmitrovich, Ramis (Paulu Oliveyra, 67), Xose Anxel, Kapa, Arbilya, Dani Garsiya, Eskalante (Diop, 85), Jordan, Leon, Inui (Sharles, 87), Kike.
Real Madrid – Navas, Varan (Nacho, 28), Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko (Vaskes, 71), Kazemiro, Kroos (Benzema, 71), Modrich, Beyl, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Beyl (30), Ramis (45).
Mavzuga oid
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:47 / 08.05.2026
«Real» ikki futbolchisini mushtlashgani uchun 500 ming yevro jarimaga tortdi
12:16 / 23.03.2026