Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Tramp va Kim Chen In uchrashuvi o‘tishi mumkin bo‘lgan joyni ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi Vashingtonda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Raj Shax ma'lum qildi.
“Hozircha hech narsa e'lon qila olmayman, uchrashuv joyi va vaqti endi belgilanadi. Hech narsa istisno qilinmayapti”, deb aytgan Shax ABC News telekanali efirida boshlovchining ikki davlat yetakchilari uchrashuvi Oq uyda o‘tishi mumkinligi haqidagi savoliga javoban.
Shax Trampning Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishi imkoniyati borasida “Buning imkoni bor, deb o‘ylamayman, biroq yana bir bor aytaman, hech narsani istisno qilmayman”, deb javob qilgan Oq uy vakili.
Avvalroq Tramp Kim Chen Inning o‘zaro uchrashuv o‘tkazish taklifini qabul qilgan. Oq uyda uchrashuv joyi va vaqti keyinroq belgilab olinishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:38 / 05.06.2026
Vashington Kuba rahbariyatiga bosimni kuchaytirmoqda
08:50 / 20.05.2026
Vashington: BMT tahdidlar uchun joy emas
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
09:26 / 05.05.2026