Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir yilda jinoyatchilik ko‘rsatkichi 43 foizdan ko‘proqqa kamaydi
Foto: KUN.UZ
Shu yilning dastlabki ikki oyi mobaynida Toshkent shahrida mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 43 foizdan ko‘proq kam deganidir. 2018 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Media-tahlil markazida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev shu haqda ma'lum qildi.
“Yanvar-fevral oyida (2018 yil-tahr.) Toshkent shahrida 1063ta jinoyat sodir etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 825ta, ya'ni 43,7 foizga kamayganini anglatadi. Jinoyatlarning fosh etilish ko‘rsatkichi 4 foizga yaxshilanib, 90 foiz jinoyatlar ochilgan”, - dedi IIV vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev.
ShIIBB boshlig‘i bevosita jinoyat turlari bo‘yicha raqamlarga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Bosqinchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16taga, ya'ni 80 foizga kamayib, 4ta sodir etilgan. Shu yilning dastlabki ikki oyi mobaynida 23ta talonchilik sodir etilgan, bu o‘tgani yilga nisbatan 54taga, ya'ni 57,4 foizga kam demakdir. 182ta o‘g‘rilik sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilgidan 214taga kamaygan, o‘g‘riliklarni fosh etish holati 5,3 foizga yaxshilanib, 68 foizni tashkil etgan. Firibgarlik jinoyati yuqoriligicha qolayotgan bo‘lsa-da, o‘tgan yilga nisbatan 114taga kamayib, 176ta shu turdagi jinoyat sodir etilgan”, - dedi Rustam Jo‘rayev.
Mavzuga oid
17:24 / 30.03.2026
1 apreldan Toshkentda yangi sanoat zonalarini tashkil etishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
10:13 / 28.03.2026
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
12:07 / 27.03.2026