Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Efiopiyalik harbiylar xatolik tufayli 9 kishini o‘ldirishdi – OAV
Foto: AP
Efiopiyalik harbiylar Keniya bilan chegaradosh Oromiya viloyatidagi amaliyot davomida tinch aholi orasidan kamida 9 kishini o‘ldirishdi, yana 12 kishi jarohat olgan. Bu haqda Efiopiya axborot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, armiya bo‘linmalari viloyatning Moyale tumanida “Oromoni ozod qilish fronti” isyonchilariga qarshi kurashish maqsadida joylashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu holat bilan bog‘liq holda bir necha harbiy o‘z lavozimidan chetlatilib, tergov qilinmoqda. Voqea joyiga tergov o‘tkazish uchun yuqori lavozimli harbiylar delegatsiyasi yo‘llangan.
15 fevralda Efiopiyada boshlangan xalq g‘alayonlari oqibatida mamlakat bosh vaziri Xaylemariam Desalen o‘z lavozimidan ketgan. 16 fevralda esa hukumat 6 oylik muddatga favqulodda vaziyat tartibini kiritgan.
Efiopiyadagi noroziliklar oromo dehqonlarining poytaxt Addis-Abebening ularning yerlari hisobiga kengaytirilishi rejasiga noroziliklari sabab yuzaga kelgan. Keyinroq ularga amxara etnik jamoasi qo‘shilgan. Ular tigray xalqi tomonidan nazorat qilinuvchi hukumatning adolatsiz yer siyosatiga qarshi norozilik bildirishgan. 2016 yil oktabrdan 2017 yil avgustgacha ham mamlakatda favqulodda vaziyat tartibi amal qilgan. O‘shandagi ommaviy tartibsizliklar vaqtida 600 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:00 / 15.01.2026
Fotojamlanma: Amaldorlar va harbiylar – Vatan himoyachilari bayramida
16:43 / 10.12.2025
“Bizga Ukraina harbiylariga ta’minot keladigan ko‘prikni egallash topshirilgandi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi
15:22 / 24.11.2025
Tramp harbiylarga chaqiriq bilan chiqqan demokratlarga tahdid qildi
19:21 / 05.11.2025