Jahon | 08:44 / 12.03.2018
40481
2 daqiqa o‘qiladi

Qurol-yarog‘ eksporti bo‘yicha jahondagi yetakchi davlat ma'lum qilindi

Foto: Flickr / The U.S. Army

AQSh dunyoda oddiy qurol-yarog‘larning asosiy turlari bo‘yicha eng yirik eksportchi bo‘lib qolmoqda. Uning yetkazib berish ko‘rsatkichlari 2013-2017 yillarda Rossiyadan 58 foizga ortiq bo‘lgan.

Bu haqda Stokholm tinchlik muammolarini tadqiq etish xalqaro instituti dushanba kuni xabar berdi. 

"Obama ma'muriyati paytida imzolangan shartnomalar asosida AQShdan 2013-2017 yillarda qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmi 1990-yillarning oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi", - deya aytib o‘tdi Stokholm tinchlik muammolarini tadqiq etish xalqaro instituti qurol-yarog‘lar transferi va harbiy xarajatlar bo‘yicha dasturi direktori Od Flyoran. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi shartnomalar, shuningdek, 2017 yilda imzolangan kelishuvlar AQShga yaqin uch yilda bu borada eng yirik eksportchi bo‘lib qolish imkonini beradi.

Reytingga ko‘ra, AQSh global qurol-yarog‘ eksporti umumiy hajmidan 34 foiziga egalik qiladi. Uning asosiy mijozlari orasida – Saudiya Arabistoni, (AQShdan eksportning 18%), BAA (7,4%) va Avstraliya (6,7%) bor. AQSh so‘nggi besh yilda o‘z qurolini hammasi bo‘lib 98 davlatga yetkazib berdi. Bu boradagi eng ko‘p eksport Yaqin Sharq davlatlariga amalga oshirildi (49%). 

Eng yirik eksportchilar ro‘yxatining ikkinchi o‘rnida Rossiya turibdi. Uning xalqaro qurol-yarog‘ eksportidagi ulushi 22 foizga teng. Rossiyadan qurolni asosan - Hindiston (Rossiya eksportidan 35%), Xitoy (12%) va Vetnam (10%) oladi. Rossiya 2013-2017 yillarda hammasi bo‘lib 47 davlatga o‘z qurol-yarog‘ini yetkazib berdi.

Ro‘yxatning uchinchi o‘rnidan Fransiya joy oldi (global eksportda 6,7%lik ulush). To‘rtinchi - Germanii (5,8%), beshinchi - Xitoy (5,7%).

Eng yirik importchilar beshligida Hindiston yetakchilik qilyapti (jahon importidan 12%), ikkinchi – Saudiya Arabistoni, uchinchi – Misr (4,5%). Keyingi o‘rinlardan BAA (4,4%) va Xitoy (4,0%) joy oldi.

Mavzuga oid