Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy sportchilarning Niderlandiyadagi muvaffaqiyati
Joriy yilning 10–11 mart kunlari Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tgan taekvondo bo‘yicha «Dutch Open» Xalqaro ochiq turnirida muvaffaqiyat bilan ishtirok etgan 18 nafar o‘zbekistonlik sportchilar 3 oltin, 4 kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritishdi, deb xabar qildi Kun.uz’ga mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Mamlakatimiz sharafini jahon sporti arenasida munosib himoya qilganlar qatorida Mudofaa vazirligi sport klubi vakillari shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Dmitriy Shokin (-87 kg) birinchi jangda Buyuk Britaniyalik raqibi Adrian Vagstafani 14:6 hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi jangida germaniyalik amaldagi jahon chempioni Aleksand Bachma ustidan yirik hisobda — 12:1 ustunlik bilan g‘alaba quchdi.
Uchinchi jangda mamlakatimizning umidli sportchisi Dmitriy amerikalik Jonatan Heyliga qarshi chiqib, 5:3 hisobi bilan qo‘li keldi. Final jangi tajribali Dmitriy Shokinga omad keltirmadi. Koreyalik raqib bilan kechgan bahsda Dmitriy 2:1 ochkolar hisobi bilan turnirning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘smirlar o‘rtasidagi janglarda Mudofaa vazirligi sport klubining yana bir yosh a'zosi Ulug‘bek Rashidov (-51 kg) mamlakatimiz terma jamoasiga oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, musobaqa bahslarida o‘smirlarimiz Madina Mannopova (-46kg) va Jasur Jaysunov (-63kg) oltin, Ozoda Sobirjonova (-52kg), Bekzod Ibragimov (-51kg) va Shahzod Jo‘rayevlar (-55kg) kumush medalini qo‘lga kiritgandilar.
Kecha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda Bahrom Abdullayev (-54kg) bronza medali sohibi bo‘ldi.
13 mart kuni tonggi soat 6 da I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026