Jamiyat | 10:31 / 13.03.2018
9727
2 daqiqa o‘qiladi

Mehmonxonada bosqinchilik qilgan to‘rt shaxs qo‘lga olindi – IIV

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 11 mart kuni Bo‘ston MFY Bo‘ston mahallasida yashovchi, “Vodiyneftgazavtotrans” MChJ rahbari, 1964 yilda tug‘ilgan S.R. IIBga murojaat qilib, shu yil 10 mart kuni soat 20.00larda 4 nafar noma'lum shaxs Rishton shahrida joylashgan shu MChJga qarashli mehmonxonaga bostirib kirib, uni tanasining turli joylariga yog‘och bo‘lagi bilan urib tan jarohati yetkazib, 550 AQSh dollari va “NTS” mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringanliklarini ma'lum qilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Rishton tumani Chinigaron MFY Oxunboboyev ko‘chasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan D.N., Minor MFY Tinchlik ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan A.K., Shokir ota ko‘chasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan S.H. va Miskin MFY Olmazor ko‘chasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan J.N. sodir etganliklari aniqlanib qo‘lga olinganlar. S.R.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid