Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti Kuvayt va BAAga safarini boshlaydi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 13 mart kuni Kuvaytga, so‘ngra u yerdan BAAga rasmiy safar uyushtiradi. Bu haqda Turkmaniston televideniyesi ma'lum qildi.
Al-Kuvayt va Abu-Dabidagi oliy darajadagi muzokaralarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari hamda hozirgi zamon tahdidlariga qarshi turish muammolari muhokama qilinadi.
Uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra Turkmanistonning Kuvayt va BAA bilan munosabatlarini yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqishi kerak bo‘lgan ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.
Mutaxassislarning fikricha, Turkmaniston rahbari Kuvayt va BAAda Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston (TAPH) gaz quvuri qurilishi loyihasini ilgari suradi va ushbu arab davlatlari hukumatlari va kompaniyalariga ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etishni taklif qiladi.
Ta'kidlash joizki, joriy fevraldan Turkmaniston-Afg‘oniston chegarasidagi Sarxatabat shahri (avvalgi Kushka) yaqinida TAPHning Afg‘onistondagi qismini qurish ishlari boshlangan.
Mavzuga oid
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026