Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yanvar-fevralda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,7 foiz kam neft qazib olindi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekistonda 2018 yil yanvar-fevral oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,2 foiz ko‘p, ya'ni 205,8 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
O‘z navbatida, dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish 5,1 foiz tushib, 163,3 ming tonnani tashkil etdi. Mamlakatimizda ushbu davrda 121 ming tonna neft qazib chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davridagidan 9,7 foiz kamdir.
Aksincha, tabiiy gaz qazib chiqarish 6,5 foiz o‘sib, 9,65 mlrd. kubometrgacha yetkazildi. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ma'lum qilinishicha, joriy yil yanvar-fevral oylarida 353,8 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarildi va bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,3 foiz ko‘pdir, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
Mavzuga oid
14:58 / 14.01.2026
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozori keskin o‘sish qayd etdi
09:22 / 14.01.2026
Repetitorlik, til kurslari va bog‘cha xizmatlari qimmatlashdi
13:23 / 13.01.2026
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar: eng katta ulush savdoda
15:21 / 12.01.2026