O‘zbekiston | 21:50 / 13.03.2018
10665
1 daqiqa o‘qiladi

Jamoat joylarida energetik ichimliklar reklamasi va savdosi taqiqlanishi mumkin

Foto: Alibaba

O‘zbekistondagi ba'zi qonun hujjatlariga 18 yoshga yetmaganlarga energetik ichimliklar sotishni cheklash taklif qilinayotgan tuzatmalar kiritilishi mumkin. Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “O‘zbekistonning ba'zi qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqdalar. Ushbu qonun loyihasi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraksiyasi a'zolari taklif qilganlar.

Qonun loyihasida 18 yoshga yetmaganlarga energetik ichimliklarni sotish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari binolari, jamoat joylari, sog‘liqni saqlash va ta'lim muassasalarida audio, vizual va multimedia vositalari qo‘llangan holda reklamasi va savdosini amalga oshirishni cheklash taklif qilinmoqda.

Qonunbuzarlarni ma'muriy javobgarlikka tortish taklif qilinmoqda.

Mavzuga oid