Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey parlament a'zolari qarşisidagi çiqişi vaqtida Rossiya Razvedka boş boşqarmasining Buyuk Britaniyada zaharlangan sobiq polkovnik, Rossiyadagi britaniyalik sobiq ayğoqçi Sergey Skripalga uyuştirilgan suiqasd ortida katta ehtimol bilan Rossiya hukumati turgani haqida aytdi. Ma'lum qilinişiça, Skripal va qizi Yuliya Rossiyada işlab çiqarilgan, asab tolalarini falaj holatga keltiruvçi «Noviçok» nomli modda bilan zaharlangan.
Majlisda razvedkaçining zaharlanişi bilan boğliq ötkazilayotgan suriştiruv işlarining sönggi ma'lumotlari e'lon qilindi.

«Hozirga kelib janob Skripal va uning qizi Rossiyada işlab çiqarilgan öta xavfli zaharli modda bilan zaharlangani ma'lum böldi. Bu asab tizimini işdan çiqaruvçi «Noviçok» oilasiga mansub zaharli modda», degan Tereza Mey.
«E'tiboringizni şunga qaratmoqçimanki, bu modda Porton Daundagi mudofaa, fan va texnologiyalar sohasidagi yetakçi ekspertlar tomonidan aniqlangan. Bunday modda muqaddam Rossiyada işlab çiqarilgan, uni Rossiyada yana işlab çiqarayotgan bölişlari mumkin. Bizning baholaşimizça, Rossiya avvaldan xorijda qotilliklarga buyurtma berib kelgan va katta ehtimol bilan Sergey Skripal va uning qiziga uyuştirilgan suiqasd ortida ham Rossiya turibdi», degan Tereza Mey.
«Yoki bu Rossiya hukumatining bizning mamlakatimizga qarşi qaratilgan töğridan-töğri harakati yoki Rossiya hukumati bu halokatli xavfga ega modda ustidan nazoratni yöqotgan va u begona qöllarga tuşib qolgan», deya davom etgan Mey xonim.
Tereza Mey Rossiyada seşanba kuni oxirigaça bu hodisa yuzasidan izoh beriş uçun muddat borligini ma'lum qilgan.
Uning aytişiça, agar Rossiya tomoni özini oqlovçi dalil keltira olmasa, Skripalning zaharlanişi Rossiya davlati kuçlari Buyuk Britaniya hududida noqonuniy harakatlangan, deb topiladi.
Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligi Rossiyaning Londondagi elçisini izoh berişi uçun çaqirgan.
Tereza Meyning aytişiça, TIV rahbariya Boris Jonson rossiyalik elçiga rasmiy Moskva taqiqlangan «Noviçok» dasturi haqida töliq ma'lumot berişni söragan.
Mey xonimning ma'lum qilişiça, agar Rossiya yetarli tuşuntiriş bera olmasa, parlamentning navbatdagi yiğilişida Buyuk Britaniya hukumati zarur çoralarni qöllaşiga töğri keladi. U bunday çoralar har qaçongidan ham jiddiy bölişiga urğu qaratgan.




















