O‘zbekiston | 15:29 / 14.03.2018
13389
1 daqiqa o‘qiladi

AQShga 23 tonna Xorazm guruchi eksport qilinadi 

Foto: Avito

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «UzTrade» AJ vakillari AQShning «Golden Natural Products» kompaniyasi bilan yangi shartnomalarni imzoladi. Unga ko‘ra, belgilangan muddatda AQShga 500 ming dollarga teng qiymatdagi quruq meva mahsulotlari yetkazib beriladi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinishicha, tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish hamda eksport salohiyatini rivojlantirish maqsadida birinchi partiyada «Best Tastes Technology» MChJ QK mahsulotlari AQShga yetkazib beriladi.

Shuningdek, hafta so‘ngiga qadar, AQShga yuqori sifatli guruchning «Xorazm lazeri» turidan 23 tonna eksport qilish rejalashtirilmoqda.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid