Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador neft va gaz konlarini sota boshladi
Ekvador xorijiy kompaniyalar uchun to‘rtta neft va bitta gaz konini sotuvga qo‘ydi, bu 800 mln dollar miqdorida sarmoyalarni jalb etish uchun amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» Petroamazonas kompaniyasiga tayangan holda.
Bayonotda Amazoniyadagi «Guyabeno Sansauari», «Oso», «Yuralpa», «Vlanka Vinita» va «Amistad» loyihalari haqida so‘z yuritiladi. Servis shartnomalari o‘n yilga imzolanishi rejalashtirilgan. Shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar neft jahon narxlariga bog‘langan bo‘ladi.
Savdolar yakunlari hukumat tomonidan iyun oyida e'lon qilinadi.
Shuningdek kompaniyadan ta'kidlashlaricha, 2017 yilda Ekvador muvaffaqiyatli savdolarni o‘tkazgan, ular mamlakatga 700 mln dollar miqdorida sarmoya keltirgan.
Mavzuga oid
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
16:36 / 29.05.2026