Jahon | 08:49 / 14.03.2018
4710
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada urush vaqtidagi bomba sababli 20 mingdan ko‘proq kishi evakuatsiya qilinadi

Foto: Fotolia / Michele Gualano

Italiyaning Adriatika dengizi bo‘yidagi Fano shahrida Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi bomba topilgani sababli 23 ming kishi evakuatsiya qilinadi.

Shahar meri Marke Massimo Serining ma'lum qilishicha, bomba topilgan joydan 1,9 km radiusdagi barcha uylarda yashovchilar o‘z uylarini tark etishlari kerak bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, bu hududga mahalliy sohilbo‘yi, tarixiy markaz va bir qator dahalar kiradi.

Evakuatsiya qilinadigan obektlar orasida shahar shifoxonasi va temir yo‘l vokzali ham bor. Aholi uchun to‘planish nuqtalari belgilangan bo‘lib, ular bu yerlardan sport zallari va ta'lim muassasalariga yetkaziladilar. 

Mahalliy hukumatning hisob-kitoblariga ko‘ra, evakuatsiya 14 martning ikkinchi yarmigacha davom etadi. 

Bomba topilgan joyda sapyorlar ish olib bormoqdalar. Angliyada ishlab chiqarilgan, og‘irligi 225 kg keladigan aviabomba sohilbo‘yidagi qurilish ishlari davomida topilgan. Bomba dengizga olib borilib, portlatib yuborilishi rejalashtirilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid