Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 106 mln so‘mlik kranni o‘g‘irlab ketishdi
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 2018 yil 26 fevralda “Xivaneftgazqurilish” UK uchastka boshlig‘i, V.V. IIBga murojaat qilib, shu yil fevral oyi boshlarida noma'lum shaxs shu UKga tegishli Muborak gazni qayta ishlash zavodi oldida qarovsiz qoldirilgan umumiy qiymati 106 241 585 so‘m bo‘lgan “Kamatsu D-355S” rusumli, quvur ko‘taruvchi kranini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Muborak tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan S.Ya. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026