00:50 / 14.03.2018
36965

Sergeli tumanida yangi tug‘ilgan chaqaloqning murdasi topildi 

13 mart kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida 8 oylik, muddatidan avval dunyoga kelgan chaqaloqning jasadi topildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, chaqaloqning jinsi o‘g‘il bola bo‘lib, ayni paytda Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Chaqaloq tug‘ilgandan so‘ng, onasi yoki boshqa shaxs tomondan o‘ldirilmagan bo‘lishi ham mumkin. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, uning biologik onasi qidirilmoqda», deydi Kun.uz axborot manbasi xabarida.

Top