“Dunyo” AA xabariga köra, Boş konsulxonaga Sverdlovsk şahridagi 1-şahar bolalar klinikasi vakillari murojaat qilib, Özbekiston fuqarosi X.S. öz çaqaloğini taşlab ketgani haqida ma’lum qilgan.

Ma’lum bölişiça, ona avvalroq şifokorlarga juda zaif tuğilgan va maxsus vakuumga joylaştirilgan çaqaloğidan voz keçişini bildirgan. Oradan uç kun ötgaç esa u gödagini taşlab, özi şifoxonadan çiqib ketgan.

Diplomatlar vatandoşni topib, bolani vatanga qaytariş zarurligi yuzasidan profilaktik suhbat ötkazgan. Şuningdek, ular çaqaloqni röyxatdan ötkazib, ona va bola uçun barça zarur hujjatlarni bepul rasmiylaştirgan.

Qayd etilişiça, Rossiyaning uşbu hududida tadbirkorlik bilan şuğullanayotgan vatandoşlar kömagida klinikadagi tibbiy xizmatlar tölovi hal etilgan.

Şuningdek, Özbekiston Migratsiya jamğarmasi mablağlari hisobidan ona va bolaga “Yekaterinburg–Toşkent” yönalişi böyiça aviaçiptalar xarid qilinib, ular yurtga qaytişi uçun reysga kuzatib qöyilgan.