10:20 / 15.03.2018
5867

Hayotingizning yorqin parchasini videotasvirga tushiring va Uzbekistan Connect bilan tarixning bir qismiga aylaning

Foto: Uzbekistan Connect

O‘zbekiston aholisi uchun katta miqyosdagi Uzbekistan Connect ijtimoiy video-loyiha ishga tushirildi.Ushbu video-loyihada har bir xohlovchi ishtirok etishi mumkin. Maqsad – birlashgan holda butun O‘zbekiston aholisi hayotining bir parchasini ko‘rsatish. Bir necha hafta davomida xohlovchilar o‘z videolarini jo‘natishlari mumkin. Bundan so‘ng eng yaxshi videolar tanlab olinib, umumiy bir rolikka birlashtiriladi.

Hayotingizning istalgan yorqin parchasini ko‘rsating. Masalan, sevimli ishga borayotganingizni, futbol o‘ynayotganingizni, atrofdagilarga yordam berayotganingizni yoki kulayotganingizni. Bo‘lishmoqchi bo‘lgan xohlagan narsani suratga olishingiz mumkin. O‘zligingizni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmang va chin his-tuyg‘ularingizni ko‘rsating.

Loyihani amalga oshirish maqsadida yagona UzbekistanConnected.uz ​sayti ishga tushirilgan. Yuborilgan barcha roliklar ushbu saytda jamlanadi va har biringiz istalgan vaqtda tomosha qilishingiz mumkin. Mutaxassislar bilan birgalikda barcha shaharlardan kelgan eng yaxshi roliklar tanlanib, umumiy bitta rolik hosil qilinadi. Bu siz uchun millionlab odamlar tomosha qiladigan keng ko‘lamli tarixiy video-loyihaning ishtirokchisi bo‘lishga katta imkoniyatdir.

Roliklar maxsus Telegram-bot orqali qabul qilinadi. Videoga bo‘lgan asosiy talab, u gorizontal holatda suratga olingan bo‘lishi kerak. Loyiha minglab o‘zbekistonliklarni o‘z hayoti haqida gapirib berishi va mashhur bo‘lishiga jalb qilmoqda. Siz va do‘stlaringizda keng ko‘lamli loyihaning bir qismi bo‘lish uchun haqiqiy imkoniyat bor.

Rasmiy sayt: UzbekistanConnected.uz, Videoni jo‘natish uchun Telegram-bot: https://telegram.me/UzbekistanConnectedBot

Top