Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axborot texnologiyalari vazirligi va YeTTB internet tezligini oshirish masalasini muhokama qilmoqda
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo‘jayev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda konsalting va audit bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatuvchi PricewaterhouseCoopers (PwC) xalqaro kompaniyalar tarmog‘i delegatsiyalari bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda ekspertlar guruhi O‘zbekistonning telekommunikatsiya bozorida olib borilgan o‘rganishlar natijasiga oid hisobotni taqdim qildilar. Shuningdek, taqdimotda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan xalqaro ilg‘or tajribalar qayd etildi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari mamlakatning telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga oid investitsion loyihalarni amalga oshirishga, xususan xalqaro internet tarmog‘iga ulanish tezligini oshirish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.
Tomonlar hamkorlikni ekspertlar ishtirokida ikkala tomon uchun ham manfaatli kelishuvlar doirasida davom ettirishga kelishib oldilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston internet tezligi reytingida o‘z o‘rnini biroz yaxshilagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
19:13 / 12.03.2026