Jahon | 01:00 / 15.03.2018
33260
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada mamlakat tarixidagi eng katta xazina topildi

Yaponiyaning Saytama prefekturasida katta pul xazinasi topildi. Topilma Kumagay shahrining madaniy qimmatliklar saqlanuvchi joyida namoyishga qo‘yildi. 

“Bu Yaponiyada sopol ko‘zadagi tangalarning eng yirik topilmasidir. U, shuningdek, topilgan tangalar soni bo‘yicha ham eng yirigi hisoblanadi”, deb aytilgan muzey xabarida. 

Xazinani Xasuda shahridagi o‘rta asrlar vaqtida (15-asrning ikkinchi yarmi–16 asr)
urush olib borgan podshohliklar davri qazilmalarida topildi. Uzunligi 70 sm bo‘lgan va deyarli beshikast saqlanib qolgan ko‘zada 260 ming mis tanga bo‘lgan. Tangalar ko‘milgan vaqtda har birining o‘rtasidagi teshik orqali o‘tgan arqon bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin.

Arxeologlar topilma 15-asrdan so‘ng notinch vaqtda mulkni saqlash maqsadida ko‘milgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqdalar. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid