Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asaka tumanida nogironligi bor aholiga fuqarolik pasportlari xonadonlariga borib rasmiylashtirilmoqda
Imkoniyati cheklangan fuqarolarimizga biometrik pasport rasmiylashtirish va uni olish uchun ichki ishlar organlariga kelib-ketishida muammolar tug‘ilishi tabiiy hol. Shu boisdan harakatlanish imkoniyati chegaralangan shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun ariza beruvchining yashayotgan joyida uning raqamli fotosurati va barmoqlari izini olish uchun maxsus mobil qurilma tashkil etilgan.
Asaka tumani Ichki ishlar bo‘limi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi xodimlari ham ana shunday imkoniyati cheklangan fuqarolarga biometrik pasport rasmiylashtirish jarayonlarini ularning uylarida, mobil qurilmadan foydalangan holda amalga oshirmoqdalar. Bunday ezgu ish natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 285 nafarga yaqin fuqaro biometrik pasportlarga ega bo‘ldi. Tumaning Qipchoq, Axtachi, Olaqanot, Labigardon, Qoraqiy mahalla fuqarolar yig‘inlarida ana shunday ishlar amalga oshirilmoqda.


Andijon viloyati IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Muhammadolim Rahimov, boshqarma katta inspektori Jahongir Ismoilovlar Qashqar MFY, “Ziyolilar” ko‘chasida yashovchi nogiron Turg‘unoy Jo‘rayeva, “Otush” mahallasida yashovchi Ma'rufjon Oxunovlar xonadonlarida bo‘lib, shaxsni tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtirish ishlarini olib bordilar.
Mavzuga oid
13:24 / 28.02.2026
Yotoqxona uyidan kvartira “olib berish” va’dasi: tezkor tadbir natijasi
21:49 / 29.07.2025
Asaka tumani «to‘rtligi» davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
18:24 / 08.04.2025
Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi
23:42 / 19.03.2025