O‘zbekiston | 15:56 / 15.03.2018
3831
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonga Koreya Respublikasidan sayyohlik charter reyslari tashkil etiladi

Foto: SINA

Joriy yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining joriy yil 10 fevral kuni 90-sonli qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Kruz.uz.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlaridagi missiyalari bilan birgalikda Koreya Respublikasidan hududga sayyohlik charter reyslarini tashkil qilish va “Orolbo‘yi hududlarining ekologik ahvolini yaxshilash va bunda koreya diasporasining roli to‘g‘risida”gi xalqaro anjuman o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid