Unda Özbekiston rossiyaliklar uçun vizasiz kiriş mumkin bölgan davlatlar orasida kuzgi sayohatlar uçun eng maşhur yönalişlardan biriga aylangani qayd etilgan.
Maqolada ta’kidlanişiça, rossiyalik turoperatorlar 2025 yilning kuz mavsumida Özbekistonga ekskursiya turlariga bölgan talabning 2024 yilning kuziga nisbatan 20-25 foizga ösganini bildirmoqda.
Ularning fikriga köra, Özbekistonning muhim raqobatdoş ustunliklari boy ekskursiya dasturi, an’anaviy mehmondöstlik, vizasiz kiriş, til tösiqlarining yöqligi va sayyohlik infratuzilmasining rivojlanişidir, deb ta’kidlangan.
"Köplab sayyohlar Özbekistonga milliy taomlarni tatib köriş va ularni tayyorlaş böyiça mahorat darslarida iştirok etiş uçun boradi. Mamlakatda milliy oşxonaga bağişlangan köplab festivallar va tadbirlar ötkaziladi. Mijozlarimiz nafaqat Toşkent, Samarqand va Buxoroni, balki Urgançni ham körişni xohlamoqda", – deb turoperatorlar sözlaridan iqtibos keltirilgan materialda.
Rossiya Turoperatorlari uyuşmasi, şuningdek, rossiyalik sayyohlarning Özbekistonga VIP-turlarga – qimmat mehmonxonalarda yaşaş, şaxsiy gidlar va ekskursiya dasturini şaxsiy qiziqişlarga moslaştirişga bölgan qiziqişi ortayotganini ham ma’lum qilgan.













