Sport | 03:49 / 15.03.2018
17747
1 daqiqa o‘qiladi

Messining Chempionlar Ligasidagi gollari soni 100taga yetdi

Foto: Reuters

Chempionlar Ligasining 1/8 finalida "Chelsi"ga qarshi kechgan o‘yinda (3:0) "Barselona" futbolchisi Lionel Messi dubl qayd etdi. 

Messi 63-daqiqada o‘yindagi ikkinchi golini urib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ushbu gol Messi uchun Chempionlar Ligasidagi 100-gol bo‘ldi. Shu tariqa u "Real Madrid" forvardi Krishtianu Ronaldudan keyin ushbu natijani qayd etgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. 

Argentinalik futbolchi 100ta gol urish uchun 123ta o‘yin, portugaliyalik futbolchiga esa 137ta o‘yin kerak bo‘lgan. 

Mavzuga oid