«Orol dengizi suvlari Kaspiyga oqib ketgan»
14 mart kuni Nukus shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan Yoshlar press klubining 3-sessiyasida ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston axborot agentligi direktori Ye.Qanaatov agentlik tashabbusi bilan yaqin kunlarda Orol dengiziga yana bir marta mediatur tashkil etish maqsadida ekanligini ma'lum qildi.
Mazkur mediatur davomida Orol dengizi suvlarining Kaspiyga oqib ketganligini isbotlash asosiy maqsad qilib belgilangan.
«Xalqimiz orasida «Orolning balig‘i Kaspiydan topilibdi» degan gap yuradi. Bu bekorga aytilmagan. Aslida Orol avvallari ham Kaspiyga oqib turgan. Dengiz suvining Kaspiyga oqqanligini isbotlovchi katta suv yo‘li mavjud. Biz buning haqiqatligini mediaturda isbotlamoqchimiz», deya Qanaatovning so‘zlarini keltirgan «Karinform.uz».
Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkin, Qanaatov rahbarligidagi Qoraqalpog‘iston axborot agentligi avval 2 marta Orol dengiziga mediatur tashkil etgan va unda fanga noma'lum bo‘lgan ma'lumotlar to‘plangan edi.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
09:47 / 07.11.2024
OAV: Ukraina birinchi marta Kaspiy dengizidagi RF kemalarini nishonga oldi
19:32 / 13.07.2023
Kaspiy ham qurimoqda. Qozog‘istonlik mutaxassislar dengizning sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini e’lon qildi
18:57 / 16.12.2022