Dunyodagi eng yirik yopiq suv havzasi hisoblangan Kaspiy dengizi sönggi öttiz yil içida jadal sur’atlarda sayozlanmoqda. 1995–2025 yillar oraliğida uning suv sathi 2,3 metrga pasaygan. Bu har yili örtaça 7,7 santimetrga kamayiş degani.

Natijada dengiz maydoni taxminan 24 ming kvadrat kilometrga qisqargan. Bu Italiyadagi Sitsiliya oroli yoki Rossiyaning Tula viloyati maydoniga teng hududning yöqolişiga barobar.

Avvalgi nazariya tasdiqlanmadi

Amerikalik olimlar Earthʼs Future jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda Kaspiy dengizining sayozlaniş sabablarini qayta tahlil qildi.

Ular yerusti va sun’iy yöldoşlardan olingan ma’lumotlar asosida 1990-yillardan 2020-yillargaça Kaspiy dengizi taxminan 630 kub kilometr suv yöqotganini hisoblab çiqdi.

Tadqiqotçilar xulosasiga köra, havo harorati oşişi natijasida kuçaygan buğlaniş uşbu yöqotişning atigi 37 foizini izohlay oladi. Demak, dengiz sathi pasayişining asosiy qismi boşqa omillar bilan boğliq.

Asosiy sabab — Volgadagi suv oqimi kamayişi

Olimlar Kaspiyga quyiladigan daryolar oqimi har yili örtaça 42 kub kilometrga qisqarganini aniqladi. Buning 32 kub kilometri Volga daryosi hissasiga töğri keladi.

Bu yerda qiziq holat kuzatilgan: Volga havzasida yoğingarçilik aksinça oşib bormoqda. Har yili örtaça 11 millimetrga köproq yoğin tuşmoqda. Şuning uçun iqlim özgarişi daryo suvining kamayişini töliq tuşuntirib bermaydi.

Noma’lum omil hali ham topilmadi

Tadqiqot mualliflari suv oqimining kamayişini inson faoliyati bilan boğlaşga uringan. Biroq buni tasdiqlovçi yetarli ma’lumotlar oçiq manbalarda mavjud emasligini bildirgan.

Şu bilan birga, rus tilidagi ilmiy tadqiqotlarda SSSR parçalanganidan keyin Volga suvidan foydalaniş hajmi taxminan 2,3 baravar kamaygani qayd etilgan. Bu esa inson tomonidan suv iste’moli köpaygan degan taxminni ham şubha ostiga qöyadi.