Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiyaning Kaspiy dengizidagi kemasiga zarba berdi
Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Kaspiy dengizi hududida Rossiya harbiy kemasi hamda burg‘ilash platformasiga zarba berilganini ma’lum qildi.
Harbiylarga ko‘ra, 19 dekabrga o‘tar kechasi ukrain dronlari Kaspiy dengizida neft va gaz qazib olinadigan platforma yaqinida turgan, 22460 «Oxotnik» proyektiga mansub navbatchi kemani nishonga olgan.
Shuningdek, «Lukoyl» kompaniyasiga qarashli Filanovskiy nomidagi neft-gaz konidagi burg‘ulash platformasi ham shikastlangan. Platforma Rossiya qurolli kuchlarini yoqilg‘i bilan ta’minlashda ishtirok etadi, deya ma’lum qilgan Ukraina qurolli kuchlari. Shikastlanish darajasiga aniqlik kiritilmagan.
Rossiya tomoni Kaspiy dengizida harbiy kema va burg‘ulash platformasi zarbaga uchragani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh bermadi.
So‘nggi oylarda Ukraina Rossiyaning neft infratuzilmasi obektlariga hujumlar sonini oshirdi. Xususan, Ukraina qurolli kuchlari dronlari Rossiyaning O‘rta Yer dengizida harakatlanuvchi «yashirin floti»ning bir nechta tankerlariga, shuningdek, Kaspiy dengizidagi neft qazib olish platformasiga hujum qildi. Vladimir Putin tankerlarga berilgan zarbalarga javoban «Ukrainani dengizdan uzib qo‘yish» bilan tahdid qildi va Kiyev ittifoqchilarining kemalariga hujum qilinishi mumkinligini istisno etmadi.
Mavzuga oid
16:47 / 02.07.2026
Rossiya Kiyevga vayronkor zarbalar yo‘lladi – suratlar
18:39 / 30.06.2026
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
08:35 / 26.06.2026
Kaspiy dengizi Sitsiliya orolichalik hududni yo‘qotdi: olimlar sababini aniqlay olmayapti
20:13 / 24.06.2026