12:50 / 15.03.2018
9718

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi yanvar-fevralda 3,9 mlrd dollarni tashkil qildi

Foto: Reuters

Respublikada tashqi savdo aylanmasi 2018 yil yanvar-fevral oylarida 3,9 mlrd AQSh dollarini, shu jumladan eksport 1,5 mlrd AQSh dollarini va import 2,4 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasi saldosi minus 939,4 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi saytida xabar berilgan.

Energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,7 barobarga oshdi. Oziq-ovqat tovarlari eksport hajmi 48,2 foizga ko‘paydi.

Import tuzilmasida asosiy ulush mashina va uskunalar hissasiga – 36,7 foiz hamda kimyoviy mahsulot va ulardan tovarlarga to‘g‘ri keladi – 14,9 foiz.

2018 yil yanvar-fevralda tashqi savdo saldosi 939,4 mln AQSh dollarini tashkil etdi, jumladan MDH davlatlari bilan minus 401,4 mln dollar va boshqa mamlakatlar bilan minus 538,0 mln dollar.

MDH davlatlari orasida asosiy tashqi savdo sheriklari Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Tojikiston va Qirg‘izistondir. Tashqi savdo aylanmasining 40,7 foizi ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Boshqa mamlakatlar orasida – Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afg‘oniston, Germaniya, Latviya, AQSh, Hindiston bor.

Meva-sabzavot mahsuloti eksport hajmi 62,3 mln dollarni tashkil etdi, yoki o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 36,8 foizga oshdi.

Mavzuga oid
Top