14:21 / 16.03.2018
7081

Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisini iste'foga chiqarmoqchi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmasterni ishdan bo‘shatishga tayyor. Bu haqida Oq uy manbalari The Washington Post'ga xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, Amerika yetakchisi bu borada qaror qabul qilib bo‘lgan, biroq maslahatchi o‘z lavozimini darhol tark etmaydi. Tramp "Makmasterni uyaltirmaslik va uning o‘rniga munosib izdosh tanlashga asosli yondashish uchun" biroz vaqt poylashni rejalashtirmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, prezident "generalning ishga haddan tashqari qattiq yondashuvi va uning brifinglarga tegishli bo‘lmagan ishlari"dan norozi bo‘lgan.

Prezident rejalari bilan tanish bir necha manbaning ma'lum qilishicha, yangi maslahatchi lavozimiga AQShning BMTdagi sobiq vakili Jon Bolton va mamlakat Xavfsizlik xizmati kengashining mas'ul kotibi Kit Kellog nomzodlari ko‘rib chiqilmoqda.

Oq uy matbuot kotibining o‘z Twitter'ida ma'lum qilishicha, Tramp va general Makmasterning ishchi munosabatlari ko‘ngildagidek.

Top