Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya yangi aviareyslar haqida kelishib oldi
Foto: wikimedia.org
Istanbulda O‘zbekiston va Turkiya fuqarolik aviatsiyasi sohasi vakillari o‘zaro muzokara o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi kelishuv qayta ko‘rib chiqildi – unga parvozlarning yangi yo‘nalishlari kiritildi va reyslar soni ko‘paytirildi.
Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi saytida e'lon qilingan xabarga ko‘ra, ikki davlat delegatsiyalari 14 mart kuni Istanbulda uchrashib, yangi anglashuv memorandumini imzoladilar.
Turkiya tashkilotining bosh direktori Bahri Kesiji va O‘zbekiston Davavianazorat bosh direktori o‘rinbosari Oleg Lim muzokaralarda Turkiyadan yo‘lovchilar tashish bo‘yicha cheklovlar, O‘zbekistonda turk havo tashuvchilari duch kelayotgan operatsion qiyinchiliklar hamda texnik hamkorlikka oid boshqa masalalarni muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumiga ko‘ra, Samarqandga reyslar soni haftasiga 3 martagacha ko‘paytirildi. Bundan tashqari, turk havo tashuvchilari haftada 2 marotaba Buxoro, Urganch va Qarshi shaharlariga uchishadi. Shuningdek, Anqara, Antaliya va Izmirdan O‘zbekiston shaharlariga amalga oshiriladigan reyslar bo‘yicha dastlabki memorandum imzolandi.
Mavzuga oid
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026
Turkiyada ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
21:02 / 25.03.2026