17:10 / 18.03.2018
9559

Buxoroning turistik kompaniyalari va hunarmandlari Ostona shahrida

"Qozog‘istonda O‘zbekiston yili" doirasida 16-19-mart kunlari Ostona shahrida o‘tkazilayotgan “Qozog‘iston-O‘zbekiston Turistik forumi”da Buxoroning besh turistik kompaniyasi, ikki mehmonxona biznesi va besh nafar  hunarmandchilik sohasi vakillari faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari shu haqida xabar berishdi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi  

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida Qozog‘istondagi nufuzli tadbirda ishtirok etishga jalb qilingan turistik kompaniyalar, mehmonxonalar vakillari va hunarmandlar o‘zlari uchun yangi hamkorlar topish, Qozog‘iston hamda boshqa mamlakatlarning turistik salohiyatlari haqida muhim axborotlar va taasurotlar olish imkoniga ega bo‘lishmoqda. 

O‘tgan ikki kun davomida Buxoroning “Paradise Voyage”, “Flymondotour”, “Ark Travel”, “Nakshband Travel” va “Anor Travel” turistik agentliklari tomonidan jami 180 dan ortiq muzokara, jumladan Qozog‘istondan 110 ga yaqin va boshqa davlatlardan 70 dan ortiq kompaniya bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi  
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi  
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi  

Mazkur hamkorlik munosabatlari natijasida 380 ga yaqin shartnoma tuzilib, O‘zbekistonning turistik salohiyatiga oid 1600 dan ziyod material tarqatilgan. Shuningdek, tadbirda qatnashayotgan hunarmandlardan kandakor usta Sh.G‘ulomov, kashta tikuvchi V.Atoyeva, zardo‘z usta M.Rahimovlarning mahsulotlariga ishtirokchilar tomonidan katta qiziqishlar bildirilib, o‘sha yerning o‘zidayoq buyurtmalar berilgan.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi  
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi  
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi  

Forum doirasida qozog‘istonlik hamkorlar tashabbusi bilan Buxoro viloyati delegatsiyasining Ostona va Olma-ota shaharlariga tanishuv turlari ham tashkil etilmoqda.

Top