Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada prezidentlik saylovi. Nomzodlar ovoz bermoqda (Foto)
18 mart kuni Rossiyada prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. RFning amaldagi prezidenti Vladimir Putin Rossiya fanlar akademiyasidagi 2151-saylov uchastkasiga keilib, saylovda ovoz berdi.
U taomilga ko‘ra, saylov komissiyasi xodimi oldiga kelib, pasportini taqdim etgan va byulleten olib, ovoz berish xonasiga yo‘nalgan.
Xonadan qaytib chiqqan prezident jurnalistlarga saylovda qancha ovoz olsa ham buni muvaffaqiyat deb bilishini aytgan.
Shuningdek, Liberal-demokratlar partiyasi (LDPR) vakili Vladimir Jirinovskiy, "Yabloko" partiyasi asoschisi Grigoriy Yavlinskiy va Lenin nomidagi sovxoz rahbari Pavel Grudinin saylovda qatnashib bo‘ldi.
© RIA Novosti / Ilya Pitalev
© RIA Novosti / Yekaterina Chesnokova
© RIA Novosti / Ramil Sitdikov
Bugun Rossiyada jami bo‘lib 97 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochilgan bo‘lib, ulardan 400tadan ko‘prog‘i xorijda joylashgan. Saylovlarda 100 milliondan ko‘proq kishi ishtirok eta oladi. 109ta davlatdan 1,5 mingga yaqin xorijiy kuzatuvchilar kuzatuv olib bormoqda.
Rossiya prezidenti lavozimiga 8 kishi da'vogarlik qilmoqda. Bular: amaldagi prezident Vladimir Putin, Vladimir Jirinovskiy, Pavel Grudinin, Boris Titov, Kseniya Sobchak, Maksim Suraykin, Sergey Baburin va Grigoriy Yavlinskiy.
Mavzuga oid
09:14
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026