Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini yakunladi
Samarqandga tashrifining ikkinchi kunida Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, tashrif chog‘ida tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, harbiylarga yaratilayotgan sharoitlar haqida axborot berilgan. Qo‘shinlarning qurol-aslaha va aloqa vositalari ta'minlanishi, harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligiga e'tibor qaratilgan.

Prezident shuningdek o‘tgan yili tashkil etilgan Markaziy harbiy okrug boshqaruv apparati infratuzilmasi bilan ham tanishdi.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni vaziyatni doimiy tahlil qilish, xatarlarning oldini oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk sarkardalarimiz harbiy mahoratini o‘rganish, o‘quv-taktik metodikani rivojlantirish, harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish zarurligini ta'kidladi.
"Xalqimiz tinchlik-osoyishtaligi uchun har kuni o‘z ustingizda ishlashingiz, professional tayyorgarlik darajangizni muntazam oshirib borishingiz kerak. Yosh avlodga namuna, xalqimizga g‘urur-iftixor bo‘lishlaringiz zarur", - dedi Prezidentimiz askar va ofitserlar bilan muloqotda.
Shavkat Mirziyoyev zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘larni ko‘zdan kechirdi. Taklif etilayotgan harbiy kiyimlar bilan tanishdi. "Harbiy liboslar milliyligimizni aks ettiradigan, tarixda qoladigan bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu masalani har tomonlama o‘ylash, loyihalarni xalq muhokamasiga qo‘yish zarur", - dedi davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.



Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026