11:18 / 19.03.2018
7262

AQSh razvedka xizmatlari KXDR bilan maxfiy aloqa kanalini o‘rnatdi

Mayk Pompeo/Foto: Reuters

AQSh razvedka mahkamalari Shimoliy Koreya bilan norasmiy aloqa kanalini o‘rnatishdi, unga ko‘ra ma'lumot almashish mumkin. Bu haqda CBS News telekanali amaldorlarga asosan xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, maxfiy aloqa kanalini o‘rnatish bo‘yicha asosiy sa'y—harakatlarni MRB ko‘rmoqda. Mahkama direktori Mayk Pompeo Davlat departamenti tomonidan BMT orqali o‘rnatilgan dipkanaldan farqli tarzda, bunday «tinch diplomatiya» turini qo‘llab-quvvatlamoqda, deb xabar beradi «RIA Novosti».

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishga rozi bo‘ldi. Avvalroq, ikki yetakchi uchrashuvi 2018 yil may oyi oxiriga qadar bo‘lib o‘tishi kerakligi ma'lum qilingandi. Trampning taxminicha, tomonlar muloqot yakuni bo‘yicha «jahon uchun eng buyuk kelishuvga» erishishadi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya TIV rahbari Kan Gyon Xva Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha kelishuvga rioya etishga «so‘z bergani» haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top