Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatiga aloqador yangi jamg‘arma tashkil etildi
Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tashkil etilgan mazkur jamg‘armaning shakllantirish manbalari sifatida Samarqand viloyati hokimligi muassisligida tashkil etilgan tijorat tashkilotlarining ajratmalari davlat, chet el va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratilgan grantlar va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar ko‘rsatilgan.
Jamg‘arma mablag‘lari shu jumladan:
Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va mahalliy ichki yo‘llarni ta'mirlash;
ko‘p qavatli turar joylarning umumfoydalaniladigan qismini ta'mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;
kam ta'minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olishda boshlang‘ich badalni qisman yoki to‘liq qoplab berish hamda maishiy texnika vositalariga bo‘lgan birlamchi ehtiyojni qondirish maqsadlarida ishlatiladi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026