Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyul kuni “mahalla yettiligi” faoliyatini yangiça taşkil qiliş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Ta’kidlanişiça, har bir viloyat hokimi, uning örinbosarlari va viloyat taşkilotlari rahbarlari bittadan tumanni, tumanlardagi mas’ullar esa bittadan mahallani olib, bir oy davomida ozodalik va obodonlaştiriş böyiça keng kölamli işlarni taşkil etadi.
Mahallada obodonçilik işlarini taşkil etiş böyiça Boş vazir boşçiligida respublika ştabi tuziladi. Hududiy ştablarga hokimlar rahbarlik qiladi. Bu işlar bir oylik aksiya emas, balki yil böyi işlaydigan umummilliy harakatga aylantirilişi zarurligi ta’kidlandi.
Mehnatga yaraşa rağbat bölişi kerakligi ta’kidlandi. Şu bois, yil yakuni bilan köp qavatli uylardagi “Eng orasta xonadon”, mahalladagi “Eng fayzli hovli”, hududdagi “Eng obod köça”, tuman va viloyatdagi “Eng namunali mahalla” nominatsiyalari joriy etiladi.
Tanlov ğoliblari bölgan köp qavatli uylardagi kvartiralar uçun mol-mulk soliğidan, hovli-joylar uçun esa yer soliğidan imtiyoz beriladi.
Yaxşi tajriba yaratgan “mahalla yettiligi” mukofotlanadi, ularning iş uslubi boşqa hududlarga namuna qilib körsatiladi. Mahallalardagi ilğor tajribalarni keng yoritiş zarurligi ham qayd etildi.
Hududlarda temir yöl atrofini obodonlaştiriş işlari boşlangan. Birgina Toşkent – Xiva yönalişidagi temir yöl böyida 285 ta mahalla bor, uşbu yönaliş 45 ta tumandan ötadi.
Qolgan viloyat hokimlariga ham bir haftada hududidan ötgan magistral yöllar va temir yöl böylari, ular atrofidagi uy-joy va tijorat obektlarini töliq xatlovdan ötkaziş vazifasi qöyildi.
Ikki haftada uşbu hududlarni namunali qiyofaga keltiriş böyiça katta dastur işlab çiqib, amaliy natijaga erişiş topşirildi.
“Mahalla – xalqqa eng yaqin boşqaruv böğini. Odamlarning kundalik masalalari şu yerning özida, ortiqça ovoragarçiliksiz hal bölişi kerak”, dedi prezident.
Hozir “yettilik” orqali 100 ga yaqin xizmat körsatilmoqda. Endi barça davlat xizmatlari bosqiçma-bosqiç mahallaga tuşiriladi.
Namangan viloyatiga taşrif çoğida Norin tumanidagi Yangi Namangan mahallasi misolida samarali tajriba yölga qöyilgan. Bu yerda Axborot va xizmat markazi taşkil etilib, 8 ta olis mahalla aholisi uçun bir joyda 980 ta davlat xizmati körsatilmoqda.













