Jahon | 22:10 / 20.03.2018
7088
3 daqiqa o‘qiladi

2050 yilga qadar iqlim sababli 143 mln kishi migratsiya qilishi mumkin – Jahon banki

Foto: KUN.UZ

Iqlim o‘zgarishi bilan vujudga keladigan ichki migratsiya muammosi yaqin 30 yil ichida uning oqibatlariga to‘qnash kelishlari mumkin bo‘lgan davlatlar mutaxassislari va hukumatlari tomonidan yetarlicha baholanmayapti. Bunday fikrni Jahon banki tahlilchilari keltirmoqdalar. “Yopirilayotgan bo‘ron: iqlim o‘zgarishi ichki migratsiyaga qanday ta'sir qiladi” tadqiqoti bankning saytida joylashtirilgan.

Ichki migratsiyaning asosiy sababi iqlimning sekin o‘zgarishi bo‘lib, u toza suv yetishmasligini, qurg‘oqchilik va boshqa tabiiy ofatlar, hosilsizlik va oziq-ovqatlar yetishmasligini keltirib chiqaradi. 

Ushbu xavf guruhida uchta hudud – Sahroi Kabir cho‘lidan janub tomondagi Afrika davlatlari, Janubiy Osiyo va Lotin Amerikasi. Bu yerlarda iqlim o‘zgarishi hozirdayoq odamlarni yashash uchun yaroqliroq yerlarni qidirishga majbur qilmoqda.

Agar jahon hamjamiyati bu muammoga sinchkov etibor qaratmasa, 2020 yilga qadar Afrikadagi 86 mln kishi, Janubiy Osiyoda 40 mln kishi va Lotin Amerikasida 17 mln kishi hozirda yashayotgan joylarini tark etadilar. Bu odamlar yashayotgan hududlar shtormlardan aziyat chekayotgan sohilbo‘yi hududlari, toshqin ostida qolishi mumkin bo‘lgan pastlikda joylashgan shaharlar, qishloq xo‘jaligida suv taqchilligini his qiluvchi baland tog‘ hududlar hisoblanadi. 

Bunday migratsiyaning salbiy oqibatlarini kamaytirishda migratsiya jarayonlarini tushunish, maqsadli investitsiyalar va issiqxona gazlari chiqindilari darajasini kamaytirish yordam beradi. Buni Jahon banki mutaxassislari ta'kidlashmoqda.   

Mutaxassislar hozirda xavf ostida bo‘lgan davlatlar hukumatlarini muhojirlarga yangi joylarga moslashishda yordam beradigan choralarni ishlab chiqishga chaqirmoqdalar.

Agar ichki migratsiya jarayonlari ongli ravishda boshqarilsa, odamlarning ko‘chib o‘tishi hududlarning rivojlanishiga yangi turtki bo‘ladi.

Shu bilan birga tashkilot jahon hamjamiyatini issiqxona gazlari qisqarishi masalasini birgalikda hal qilishga chaqirmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, bu choralar migratsiyani sekinlashtirishga va kamaytirishga yordam beradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid