4 dekabrda Dubayda ötayotgan iqlim konferensiyasining 5-kuni yakuniga yetdi. Sammitning bu kuni moliya, savdo, gender tengligi va hisobdorlik mavzulariga bağişlandi. 60dan ortiq mamlakat “Gender-Responsive Just Transitions & Climate Action Partnership” kelişuvini qöllab quvvatladi. Bu – iqlim sabab yöqolayotgan iş örinlarining ayollar hayotiga salbiy ta’sirini hal etişni maqsad qilgan.

Bundan taşqari, duşanba kuni iqlim özgarişini yumşatiş çoralarining moliyaviy tomoni köpçilik spikerlarning diqqat markazida böldi. Grantham tadqiqot instituti rahbari Nikolas Stern va’da qilinayotgan mablağlar kerakli joyga yetib bormayotgani yoki keç yetib borayotgani haqida gapirdi.

«Dunyo Parij kelişuvida qöyilgan maqsadlarni amalga oşiriş yölidan ketmayapti. Bunga rivojlanayotgan va tabiiy ofatlarga duç kelgan joylarda investitsiyaning kamligi sabab bölyapti», – dedi Nikolas Stern.

Ma’lumotlarga köra, rivojlanayotgan davlatlar iqlim özgarişi sabab yuzaga kelayotgan muammolar bilan kuraşiş uçun har yili 2,4 trillion dollarga ehtiyoj sezadi.

Barbados Boş vaziri Mia Mottley xayriya taşkilotlari, xususiy investorlar va’da va iltimoslarni bir çetga olib qöyib, iqlimga zarar keltiradigan kompaniyalar soliqlaridan tuşadigan pulni iqlim loyihalariga yönaltirişni söradi.

Britaniya, Fransiya, Jahon banki, Yevropa investitsiyalar banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki öz kredit rejalariga iqlimga bardoşli qarz bandini qöşişmoqçi. Bu – iqlimdan eng köp zarar körgan mamlakatlarga qarz tölovlarini qaytarişda tanaffus qiliş, oyoqqa turib olgunça ularga vaqt berişni anglatadi.

Daniyaning “Copenhagen Infrastructure Partners” investitsiya firmasi qayta tiklanadigan energiya loyihalari uçun rivojlanayotgan mamlakatlarga 3 milliard dollar yönaltirişni rejalayotganini e’lon qildi.

Bundan taşqari, Birlaşgan Arab Amirliklari ham yaşil moliya dasturlariga 2030 yilgaça 270 milliard dollar ajratib, tabiiy ofatlar vaqtida jabrlangan mamlakatlarning qarz tölovlariga tanaffus bermoqçi.

Şuningdek, sammit davomida Abu-Dabi amirligi mintaqada moliyalaştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida iqlim tadqiqotlari va maslahat markazini işga tuşirgani ma’lum qilindi.

Eslatib ötamiz, COP28 30 noyabrda Dubayda boşlangandi, hozirgaça bir neçta davlat va taşkilotlar iqlim özgarişi ta’sirini yumşatiş uçun öz moliyaviy paketlarini e’lon