Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Global iqlim o‘zgarishi yiliga 250 ming kishining o‘limiga sabab bo‘ladi – JSST
Oxirgi 20 yilda 65 yoshdan katta insonlar o‘rtasida jazirama haroratdan vafot etish ko‘rsatkichi 70 foizga oshgan.
Anomal issiq, suv toshqinlari, o‘rmon yong‘inlari, muzliklar erishi, dengiz sathining ko‘tarilishi natijasida sodir bo‘layotgan o‘limlar haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahlillarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, oxirgi 20 yil ichida 65 yoshdan kattalar o‘rtasida jazirama haroratdan vafot etish ko‘rsatkichi 70 foizga oshgan.
Toza ichimlik suvi tanqisligi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklarning o‘lim bilan yakun topishiga sabab bo‘lyapti.
Havo ifloslanishi sabab kelib chiqadigan xastaliklar har yili 7 million kishini hayotdan erta olib ketmoqda.
JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, agar vaziyat o‘nglanmasa, kelgusi o‘n yillikda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq omillar har yili 250 ming kishining umriga zomin bo‘lishi mumkin. Chunki hozir 3 milliarddan ortiq inson xuddi shunday ekologik murakkab mintaqalarda yashaydi.
Mavzuga oid
20:05 / 06.12.2023
Insoniyatning asr muammosi: Boy va kambag‘al davlatlar nima masalada kelisha olmayapti?
18:16 / 05.12.2023
Ortda qolgan kuz O‘zbekiston tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
16:29 / 05.12.2023
Iqlim muammolari bilan kurash: dunyoning rivojlanayotgan davlatlariga har yili buning uchun 2,4 trln dollar zarur
13:42 / 03.12.2023