Jahon | 07:27 / 20.03.2018
3522
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Eron bilan yadroviy kelishuvni saqlab qolish istagini bildirdi

Foto: RIA Novosti / Vladimir Fedorenko

Yevropa Ittifoqi Eron bilan yadroviy kelishuvni saqlab qolish uchun barcha imkoni bor ishni qilmoqchi va YeIga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bu pozitsiya bo‘yicha birdamlikni namoyish qildi. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini matbuot anjumanda aytib o‘tdi.

“Shuni aytishim mumkin, men muzokaralar stoli atrofida yadroviy kelishuvni saqlab qolish masalasa bo‘yicha yakdillikni va barcha tomonlar bu kelishuvni bajarishga sodiq bo‘lib qolishi uchun imkoni bor barcha ishni qilishimiz zarurligini ko‘rdim”, deb aytgan Mogerini.

Mogerini muzokaralarda Eronga qarshi biror-bir qo‘shimcha sanksiyalar kiritish masalasi ko‘tarilmaganini tasdiqladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid