Jahon | 09:09 / 21.03.2018
2922
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinda avtobus jarlikka quladi, 19 kishi halok bo‘ldi

Filippinda ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, yana 25 inson jarohat oldi. Bu haqda «Sinxua» xabar bermoqda.

Hodisa G‘arbiy Mindorro provinsiyasida mahalliy vaqt bilan soat 09:30da ro‘y bergan.

Qayd etilishicha, avtobus harakatlanish vaqtida shossedan chiqib ketgan hamda jarlikka qulagan.

Mahalliy ma'muriyat ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida avtobus haydovchisi ham bor.

Foto: freshnewsasia
Foto: freshnewsasia

Jabrlanganlar mahalliy uchta shifoxonaga olib ketilgani aytilyapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid