Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda 3 mingdan ortiq kishi IShIDga aloqadorligi uchun o‘limga hukm qilingan
Shu yil boshidan buyon Iroqda IShID bilan aloqadorlikda gumon qilingan taxminan 19 ming kishi qo‘lga olingan.
Associated Press xabariga ko‘ra, 2013 yildan buyon Iroq hukumati IShIDga aloqadorlikda ayblangan 3 mingdan ortiq kishini o‘limga hukm qilgan.
2013 yildan hozirgacha Iroqda terrorizmda gumonlanib jami 27 ming 849 nafar kishi qo‘lga olingan. Ularning 8 ming nafarga yaqini 2013-2018 yillar orasida terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishda ayblangan.
Yana bir necha ming kishi federal armiya va kurd harbiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan amaliyotlar davomida asirga tushgan.
Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlar soni ko‘pligi bois tergov va sud jarayonlari ko‘p vaqt olmoqda.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026