Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putin va Tramp muloqoti tafsilotlarini oshkor qildi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Federatsiyasi va AQSh yetakchisi Vladimir Putin hamda Donald Tramp o‘zaro telefon muloqotida nimani muhokama etganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Tramp AQSh hamda KXDR sammiti g‘oyasini muhokama qilgan, biroq Rossiya bu uchrashuv uchun maydoncha taqdim etishi haqida gap bo‘lmagan.
«Rossiya sammit uchun maydoncha taqdim etishi haqida gap bo‘lmadi. Biroq, mavzu muhokama etildi, bu juda muhim», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Moskva Koreya yarim orolidagi vaziyatga yechim topish jarayoniga ko‘mak ko‘rsatishga tayyor.
Mavzuga oid
09:40
Putin yirik biznesga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026