Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp muhojirlarga boshpana berayotgan AQSh shaharlarini tanqid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp noqonuniy muhojirlarni yashirayotgan shaharlarni tanqid ostiga oldi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.
Trampning ma'lum qilishicha, bunday shaharlar rasmiylari zo‘ravonlar hamda qotillarga boshpana taqdim etmoqda.
«Boshpana-shaharlar hech narsada aybi bo‘lmagan amerikaliklarni jinoyatchilar qo‘liga qarab itarmoqda», - deya ma'lum qildi Tramp.
Avvalroq Donald Tramp Kaliforniyada Meksika bilan chegarada qurilishi taxmin qilinayotgan devor maketini o‘rganib chiqqani hamda shtat hukumatining muhojirlarga bo‘lgan munosabati haqida fikr bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026